date

O‘zbekiston tashqi qarzlarni kamaytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston tashqi qarzlarni kamaytirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston 2026 yildan boshlab tashqi qarz olishni cheklash va ichki qarz olishga ko‘proq e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet bo‘yicha murojaatida aytib o‘tilgan.

Ichki qarz olish hajmini davlat qimmatli qog‘ozlari bozori, uzoq muddatli obligatsiyalar chiqarish, investitsiya fondlari va xususiy sektorni jalb qilish orqali oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, aholi uchun raqamli obligatsiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, kelgusi yildan boshlab tashqi qarz olish limiti belgilanishi kutilmoqda — bu miqdor xalqaro moliyaviy institutlardan oladigan qarzlar uchun 5 milliard dollardan oshmaydi. Ushbu institutlardan olingan qarzlar odatda past foiz stavkalari va qulay shartlarga ega bo‘ladi.

Mablag‘lar Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi tashkilotlardan jalb qilinishi rejalashtirilgan. Olingan mablag‘lar energetika, suv ta’minoti, ta’lim, sog‘liqni saqlash va transport sohalaridagi loyihalarga yo‘naltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston tashqi qarzlarni kamaytirishni rejalashtirmoqda