
21-28 noyabr kunlari davomida Respublika fond birjasi "Toshkent"da savdoga qo'yilgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati ijobiy dinamika ko'rsatdi. UCI indeksi 3,22 foizga o'sdi.
Bu davrda "Qashqadaryo texnologik transporti" aksiyalari eng katta o'sishni qayd etdi, ularning narxi 9,86 foizga oshdi. Shuningdek, "O'zmetkombinat" (+6,67%) va "Hamkorbank" (+6,37%) aksiyalari ham o'sish ko'rsatdi.
Biroq, "Trastbank" aksiyalari 19,83 foizga pasayib, hafta davomida eng katta yo'qotishni qayd etdi. Bundan tashqari, "O'zbektelekom" (-7,86%) va "Qizilqumsement" (-5,29%) aksiyalari ham pasayish kuzatildi.
"Dori-Darmon" aksiyalari esa narxida hech qanday o'zgarish bo'lmadi. O'tgan hafta davomida eng ko'p kelishuvlar soni bo'yicha "Kapital sug'urta" (435 kelishuv), "Hamkorbank" (386 kelishuv) va "O'zRTXB" (334 kelishuv) yetakchi bo'ldi.
Savdo hajmi bo'yicha birinchi o'rinni 4,42 milliard so'mlik ko'rsatkich bilan Ipoteka qayta moliyalash kompaniyasi egalladi. Yetakchilar uchligidan "O'zRTXB" (1,06 milliard so'm) va "Hamkorbank" (747,49 million so'm) ham joy oldi.
Yuqori likvidli aksiyalardan 16 tasi haftani ijobiy natija bilan yakunladi, bitta aksiya narxi o'zgarmadi va 12 tasi pasayish qayd etdi. Asosiy savdo maydonchasi bo'yicha aksiyalar bilan umumiy savdo hajmi 129,50 milliard so'mni tashkil etdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta RFBya UCI indeksi 2,3 foizga o'sgani ma'lum qilingan edi. O'sha davrda "Biznes rivojlanish banki" aksiyalari 12,85 foizlik o'sish bilan yetakchi bo'lgan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.