date

O'zbekneftgaz va SOCAR Ustyurtda loyihani boshladi

O'zbekneftgaz va SOCAR Ustyurtda loyihani boshladi

O‘zbekneftgaz va Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi Qoraqalpog‘istonning Ustyurt hududida foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish bo‘yicha qo‘shma loyihani ishga tushirdi. Loyiha ochilish marosimida Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbozov bu tashabbus ikki davlatning energetika sohasidagi strategik hamkorligini yana bir bor tasdiqlashini, shuningdek, uglevodorod sohasida bilim va texnologiyalar almashinuvi uchun poydevor yaratishini ta’kidladi.

Uglevodorodlarni birgalikda qidirish va qazib olish bo‘yicha kelishuv joriy yil yozida imzolangan. Hujjatga ko‘ra, qazib olingan resurslarning bir qismi Toshkentga, qolgan qismi esa Bokuga yetkaziladi.

Geologik qidiruv va kamida bitta quduq burg‘ilash jarayoni besh yil ichida yakunlanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu yil dekabr oyining boshida O‘zbekiston poytaxtida Ustyurt Operating Company ofisi ochildi.

Bu kompaniya Ustyurt platosidagi ishlarini boshqaradi. Ozarbayjon tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya qisqa vaqt ichida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonlari Ustyurt platosidagi resurslarni qazib olishga qariyb 2 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Baholashlarga ko‘ra, Ustyurt hududida 35 milliard kub metr gaz va 100 million tonna neft zaxiralari mavjud.

Loyihaga xalqaro kompaniya BP ham qiziqish bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O'zbekneftgaz va SOCAR Ustyurtda loyihani boshladi