
O'zbekistonda 5 grammli oltin quymasi narxi rekord darajada 8,8 million so'mga yetdi. Bu haqda 23-dekabr holatiga ko'ra Markaziy bank ma'lumotlari xabar bermoqda.
10 grammli oltin quymasining narxi 17,7 million so'mni, 20 grammli quymaniki esa 35,4 million so'mni tashkil etmoqda. 50 grammli oltin quymasining narxi 88,6 million so'mdan oshgan bo'lsa, 100 grammli quymaniki 177,3 million so'mga teng.
Oltin narxining bunday o'sishi qimmatbaho metallar qiymatining oshishi bilan bog'liq. 22-dekabr kuni oltinning bir unsiyasi 4,4 ming AQSh dollaridan oshgan.
Ushbu o'sish geosiyosiy va savdo tarangliklari bilan izohlanmoqda. Bundan tashqari, AQSh dollari qadrsizlanishi ham oltinning xorijiy investorlar uchun jozibadorligini oshirdi.
23-dekabr kuni ertalab oltinning bir unsiyasi 4 485 dollarni tashkil etdi. Yil boshidan buyon oltin narxi 70,1 foizga oshgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.