date

Moskvada halok bo‘lgan Qobiljonning onasiga Tojikiston hukumati uy berdi

Moskvada halok bo‘lgan Qobiljonning onasiga Tojikiston hukumati uy berdi

Tojikiston hukumati Moskva viloyatidagi maktabda fojeali tarzda halok bo‘lgan 10 yoshli Qobiljon Aliyevning onasi — Nilufar Safoyevaga uy ajratdi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar berdi.

Qobiljonning qarindoshlari ma’lum qilishicha, turar joy mamlakat hukumati nomidan taqdim etilgan, biroq uni aynan qaysi davlat idorasi rasman topshirgani aniq aytilmagan. Shu bilan birga, kecha ertalab bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar oila huzuriga tashrif buyurib, hamdardlik bildirgani qayd etilmoqda.

Marhum bolaning yaqinlari jamoatchilikka murojaat qilib, hozirda qo‘shimcha moliyaviy yordamga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. Ularning aytishicha, Qobiljon Aliyevning onasi nomiga ochilgan bank hisob raqami yopilgan, shu bois fuqarolardan hech qanday hisob raqamlariga pul o‘tkazmaslik so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, Qobiljon Aliyev 16-dekabr kuni Moskva viloyatida millatchilik g‘oyalari asosida sodir etilgan jinoyat qurboni bo‘lgan. Uning jasadi 18-dekabr kuni Tojikistonga olib kelinib, shu kunning o‘zida Shahrinav tumanidagi Ajamiy qishlog‘ida dafn etilgan.

Nashr ta’kidlashicha, bu Rossiyada tojik bolalariga nisbatan irqiy adovat asosida sodir etilgan yagona holat emas. Ekspertlar bunday fojialarni migrantlarga nisbatan adovat muhiti, millatchilik va ksenofobiyaga qarshi qat’iy choralar yetarli emasligi bilan bog‘lamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada halok bo‘lgan Qobiljonning onasiga Tojikiston hukumati uy berdi