2026 yilda dollar keskin tushishi kutilmoqda

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish24.7K
2026 yilda dollar keskin tushishi kutilmoqda

2025 yil AQSH valyutasi uchun oson kechmadi va bozor ishtirokchilarining aksariyati 2026 yilda ham dollar bosim ostida qolishini taxmin qilmoqda. Bu haqda Reuters o‘z tahliliy maqolasida ma’lum qildi. Investorlar fikricha, kelgusi yilda dollarning qadri yana pasayishi ehtimoli yuqori.

Mutaxassislar bu jarayonni bir qator omillar bilan izohlamoqda. Jumladan, global iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezlashishi va AQSH Federal zaxira tizimi tomonidan foiz stavkalarining pasaytirilishi dollarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, turli markaziy banklar pul-kredit siyosatidagi farqlar ham AQSH valyutasiga qo‘shimcha bosim yaratayotgani ta’kidlanmoqda. Masalan, Yevropa Markaziy banki stavkalarni hozirgi darajada ushlab turishi mumkin.

Ayni paytda, qisqa muddatli istiqbolda sun’iy intellekt sohasiga bo‘lgan qiziqish va AQSH iqtisodiyotidagi muayyan o‘sish dollarning vaqtincha mustahkamlanishiga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Biroq yil yakunida AQSH valyutasi nisbatan barqaror belgilar bilan yakunlanayotgan bo‘lsa-da, investorlar 2026 yilda ham u zaiflashishda davom etishini kutmoqda.

Joriy yil davomida dollar asosiy valyutalar savatiga nisbatan taxminan 9 foizga qadrsizlandi. Bu so‘nggi sakkiz yil ichidagi eng salbiy ko‘rsatkich sifatida qayd etilmoqda. Bunday pasayishga Federal zaxira tizimi stavkalarni tushirishi haqidagi kutilmalar, yirik valyutalar o‘rtasidagi foiz farqining qisqarishi, shuningdek, AQSH byudjeti tanqisligi va siyosiy barqarorlikka oid xavotirlar ta’sir qilgan.

Tahlilchilarning fikricha, dollar boshqa markaziy banklar qat’iy siyosatni saqlab qolayotgani yoki uni kuchaytirayotgani, shuningdek, Federal zaxira tizimi rahbariyatidagi ehtimoliy o‘zgarishlar sabab ham bosim ostida qolishi mumkin.

Ma’lumki, foiz stavkalarining pasaytirilishi odatda dollar qadrining tushishiga olib keladi. Chunki bu AQSH valyutasidagi aktivlarni xorijiy investorlar uchun kamroq jozibador qiladi va unga bo‘lgan talabni pasaytiradi.

So‘nggi oylarda dollarda ma’lum darajada tiklanish kuzatilgan bo‘lsa-da, dollar indeksi sentyabrdagi eng past nuqtadan qariyb 2 foizga oshdi, xolos. Xalqaro hisob-kitoblar banki ma’lumotlariga ko‘ra, inflyatsiya hisobga olingan dollar real samarali almashuv kursi oktyabr oyida 108,7 ni tashkil etgan, bu esa yanvarda qayd etilgan 115,1lik rekord ko‘rsatkichdan ancha past.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?