
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston 62 ta davlatdan mandarin import qilgan. Umumiy hajm 1,1 million tonna, qiymati esa 256,4 million AQSH dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga oshgan.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston bozoriga mandarin yetkazib berishda Pokiston yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatdan 11 oy ichida 327,1 ming tonna mandarin olib kirilgan. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston (314,3 ming tonna), uchinchi o‘rinda esa Ekvador (145,9 ming tonna) joy olgan.
Shuningdek, Xitoydan 124,6 ming tonna, Afg‘onistondan 58,5 ming tonna mandarin import qilingan. Qolgan 153,8 ming tonna mandarin esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.