date

Tramp To‘qayevga Oq uyning ramziy kalitini sovg‘a qildi

Tramp To‘qayevga Oq uyning ramziy kalitini sovg‘a qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Oq uyning ramziy kalitini hamda o‘z qo‘li bilan imzo chekkan beysbol kepkasini sovg‘a qildi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibay o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, sovg‘alar AQSHga akkreditatsiya qilingan Qozog‘iston elchisining ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Tramp tomonidan To‘qayevga yo‘llangan. AQSH prezidenti Qozog‘iston rahbariga iliq tilaklar bildirib, uni xalqaro jarayonlarni chuqur anglaydigan, vazmin va tajribali davlat arbobi sifatida ta’riflagan.

Eslatib o‘tamiz, Qosim-Jo‘mart To‘qayev noyabr oyi boshida Vashingtonga amaliy tashrif bilan borgan edi. Tashrif doirasida u Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazgan, shuningdek, «C5+1» formatidagi sammitda ishtirok etgan. Ushbu format Markaziy Osiyo davlatlari — Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hamda AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Siyosiy kuzatuvchilarning fikricha, bunday ramziy sovg‘alar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar iliq va o‘zaro hurmat asosida rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp To‘qayevga Oq uyning ramziy kalitini sovg‘a qildi