
O‘zbekistonda kiyim, poyabzal va charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari 2028 yilgacha foyda solig‘ini 2% stavkada, ijtimoiy soliqni esa 1% miqdorida to‘lashadi. Ushbu chora Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonunda ko‘zda tutilgan.
Hujjat shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun faoliyatni tugatish jarayonini yengillashtiradi. Endilikda buni tadbirkorning o‘z qaroriga yoki sud yoki ro‘yxatga olish organining qaroriga ko‘ra amalga oshirish mumkin.
Bundan tashqari, soliq imtiyozlarini qo‘llash natijasida daromad va ijtimoiy soliqlar miqdorini kamaytiruvchi qayta ko‘rib chiqilgan soliq hisobotlari, ularning qonuniyligi soliq organlari tomonidan tekshirilgandan so‘ng qabul qilinadi. 2029 yil 31 dekabrgacha ipoteka qayta moliyalashtirish tashkilotlarining obligatsiyalaridan olinadigan daromadlar foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Shuningdek, 2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvargacha "Kreativ park" rezidentlari daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni 50% kamaytirilgan stavkada, aylanmadan olinadigan soliqni esa tushum hajmidan qat’i nazar to‘laydilar.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.