date

2026 yil uchun davlat budjeti tasdiqlandi

2026 yil uchun davlat budjeti tasdiqlandi
O‘zbekistonda 2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Ushbu hujjatda kelgusi moliyaviy yil uchun budjetni shakllantirish va ijro etish parametrlari belgilangan.

Qonunda ko‘ra, davlat budjeti daromadlari 368,9 trillion so‘m, xarajatlari esa 402,6 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilgan. Budjet taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizgacha bo‘lishi, inflyatsiya esa 7 foizdan oshmasligi ko‘zda tutilgan.

2026 yilda ijtimoiy sohaga 220 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shundan 100 trillion so‘m ta’limga, 49 trillion so‘m esa sog‘liqni saqlashga ajratiladi.

Shuningdek, maqsadli jamg‘armalarning parametrlari ham tasdiqlandi: ularning daromadlari 78,6 trillion so‘m, xarajatlari esa 74,4 trillion so‘mni tashkil etadi. Qonun 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Mazkur qonun ijaraning minimal stavkalarini, ayrim tovarlar chakana savdosi uchun chegara yig‘imlarini, shuningdek, xorijiy avtotransport vositalarining kirishi va tranziti uchun yig‘im stavkalarini belgilaydi. Kelgusi yil budjet siyosatiining ustuvor yo‘nalishlari sifatida “yashil” iqtisodiyot, ekologiya va hududlar infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2026 yil uchun davlat budjeti tasdiqlandi