
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 30,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga oshgan.
Eksport o‘sishi mamlakatning tashqi savdo aloqalari kengayib borayotganini va o‘zbek mahsulotlariga xalqaro bozorda talab ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Hisobot davrida O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p xarid qilgan TOP-10 davlat quyidagilar bo‘ldi:
- Rossiya — 4 mlrd dollar
- Xitoy — 1,9 mlrd dollar
- Afg‘oniston — 1,3 mlrd dollar
- Qozog‘iston — 1,3 mlrd dollar
- Turkiya — 1 mlrd dollar
- Fransiya — 775,8 mln dollar
- BAA — 642,7 mln dollar
- Qirg‘iz Respublikasi — 560,4 mln dollar
- Tojikiston — 531,8 mln dollar
- Pokiston — 321,8 mln dollar
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya va Xitoy O‘zbekiston eksportida yetakchi hamkorlar bo‘lib qolmoqda. Qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalari ham barqaror o‘sishni namoyon etyapti, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari hissasi esa yildan yilga kengaymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.