date

AQSh sanksiyalari Eron gilamlariga zarba berdi

AQSh sanksiyalari Eron gilamlariga zarba berdi
Financial Times xabariga ko‘ra, AQSh sanksiyalari va Eron ichidagi valyuta cheklovlari tufayli Eron gilamlarining eksporti keskin qisqargan. Prognozlarga ko‘ra, 2026-yil martiga kelib, eksport hajmi 40 million dollardan ham kamroq bo‘lishi mumkin.

Bu esa, 30 yil avvalgi 2 milliard dollardan oshiq ko‘rsatkich bilan solishtirganda, juda katta pasayishni anglatadi. Vashington 2018-yilda Eronning yadro kelishuvi tufayli sanksiyalarni kuchaytirgan edi.

Xususan, AQSh savdo va moliyaviy embargolar, neft eksportiga cheklovlar, banklarning xalqaro hisob-kitoblarga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi choralarni joriy etgan. Bank sohasidagi cheklovlar ham eksportchilarga zarba berdi, chunki Tehron ularni valyuta daromadining bir qismini sotishga majbur qilmoqda.

Eksportdagi pasayish ishlab chiqarishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Soha tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, gilam to‘quvchilar soni 1990-yillardagi 6 milliondan bugungi kunda 700 mingdan ham kamroq darajaga tushib ketgan.

Gilam ishlab chiqarish hajmi esa yiliga 6 million kvadrat metrdan 2 million kvadrat metrdan kamroq darajaga pasaydi. Bundan tashqari, Eron yildan-yilga o‘tkazib kelgan gilam ko‘rgazmasini ham bekor qildi.

Financial Timesning yozishicha, bunga asosiy sabab elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. Vaziyatni yaxshilash maqsadida Tehron eksportchilarga qo‘yilgan talablarni yumshatish va gilamchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus guruhlar tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh sanksiyalari Eron gilamlariga zarba berdi