
Taniqli xonanda Xamdam Sobirov o‘zining qasr uslubidagi uyini sotuvga qo‘yganini ma’lum qildi. Bu haqda u shaxsiy ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilgan video orqali muxlislariga xabar berdi.
Video murojaatida xonanda ushbu uyni bir yarim yil avval katta niyatlar bilan sotib olganini, ammo hozir hayotiy sharoit va oilaviy ehtiyojlar sabab uni sotishga qaror qilganini aytadi. Sobirovning ta’kidlashicha, oilasi hozircha kichik, farzandlari esa yosh bo‘lgani uchun bunday katta hovlida yashash hozircha qulay emas.
“Bu uyni bir yarim yil oldin katta niyat bilan olgan edim. Hozir esa oilamiz kichkina, bolalarim yosh. Shu sababli uyimni sotuvga qo‘ydim”, — deydi xonanda videoda.
Xamdam Sobirovning bu qarori muxlislar orasida turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar xonandaning qarorini to‘g‘ri deb baholagan bo‘lsa, boshqalar bu uyni uning kelajakdagi orzulari bilan bog‘lashganini eslab, ajablanishlarini yashirmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.