21:53 / 12.09.2019
3 378

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori pasaytiriladi

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori pasaytiriladi
O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilidagi misli ko‘rilmagan qadam nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida investitsiya va iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lishi lozim.

Albatta, soliqchilikdagi bu harakat davlat uchun ixtiyoriy va og‘ir qadam bo‘ladi, chunki byudjetga soliq tushumlarining uchdan bir qismi QQS hisobiga ta’minlanadi.

Ammo davlat byudjeti daromadlarining qisqarishi xavfiga qaramay, soliq yukini kamaytirish va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berildi.

Mazkur qaror soliq yukini kamaytiradi va soliq to‘lovchilar ixtiyorida 10 trln so‘m qolishiga imkon beradi.

QQS stavkasining 15 foizga pasaytirilishi pul-kredit siyosatining yumshatilishi va O‘zbekiston bozorida narxlarning barqarorlashuvi belgisidir.

Ma’lumki, amaldagi 20 foizlik soliq stavkasi 2000 yilda o‘rnatilgan va so‘nggi 19 yil ichida qayta ko‘rib chiqilmagan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 2008 yildagi global moliyaviy inqirozdan keyin QQS stavkasini sezilarli darajada pasaytirishga erishgan birinchi mamlakat bo‘ldi (25 %).

O‘zbekiston soliq siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlar hukumatning ochiqligi va mamlakat rivojlanishiga yangi impuls izlash uchun biznes hamjamiyati bilan muloqotda konstruktiv munosabatda bo‘lishga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori pasaytiriladi