Qandli diabet yildan yilga yasharib bormoqda. Bu dardga chalinganlar orasida yosh bolalar, hatto chaqaloqlar ham borligi xavotirli holat.
Mutaxassislarning bu tashvishida asos bor. Chunki hayotining ilk yillaridayoq farzandining bunday hastalikka chalinishini hech bir ota-ota xayoliga keltirmaydi. Ammo tibbiy xulosalar buning aksini isbotlab turibdi.
— Xastalikning ushbu turi bolalar va o‘smirlar orasida eng ko‘p tarqalgan endokrin kasallik hisoblanadi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Bolalar ilmiy bo‘limi mudiri Nasiba Alimova. — Bu dard bilan xastalanish darajasi geografik joylashuv, iqlim sharoiti va atrof-muhit omillariga qarab sezilarli farq qiladi.
Organizmda insulin yetishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar namoyon bo‘ladi.
Farzandida shu kabi alomatlarni o‘z kuzatgan ota-onalarning ko‘pchiligi diabet haqida o‘ylashmaydi. Oilaviy shifokorga murojaat qilishganda ham, agar bola organizmidagi qand miqdori o‘lchanmasa, bu kasallik haqida xulosa qilish qiyin bo‘ladi.
Oqibatda bemor birlamchi tibbiyot muassasasidan endokrinolog qabuliga yetib kelguniga qadar ko‘p vaqt yo‘qotiladi. Shu tufayli uning ahvoli o‘ta og‘ir darajaga yetib borishini ham kuzatish mumkin.
Shu sababli hozir Endokrinologiya markazi birlamchi tibbiyot muassasalari xodimlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatib, ularga bolalar yuqoridagi belgilar bilan tibbiyot muasasalariga murojaat qilganda, dastlabki tibbiy ko‘riklar qatorida qondagi qand miqdorini o‘lchashni ham tavsiya qilib kelmoqda.
Odatda normal qand miqdori 3.3 dan 5.5 mmolgacha bo‘lib, uning bu ko‘rsatkichdan oshishi kuzatilsa, mutaxassis bemorni endokrinolog qabuliga yo‘naltirishi lozim.
Shundagina bolada qandli diabet asoratli kechishining oldi olinib, uning faol hayotga qaytishi tezlashadi.
Qandli diabet bilan ham to‘laqonli hayot kechirish mumkin. Bu kasallikning o‘zi emas, asoratlari xavfli hisoblanadi. Bundan himoyalanish uchun ota-onalardan farzandining kundalik faoliyati va ovqatlanish ratsioniga e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi.
Sog‘lom turmush tarzi, turli xil sport turlari bilan shug‘ullanish, kompyuterdan me’yorida foydalanish, shu bilan birga, o‘z vaqtida emlanish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin