date

Superliganing 16-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollar (video)

Superliganing 16-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollar (video)
Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" bahsida "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Martin Shroler hisobni ochgan bo‘lsa, Boyan Siger bosh bilan hisobni tenglashtirdi. G‘alaba goliga esa Sardor Abdunabiyev mualliflik qildi.

"Neftchi" – "Bunyodkor" 1:2
Gollar: Martin Shroler (Narimonjon Ahmadjonov) 50, 0:1, Boyan Siger (Joyeel Kojo) 56, 1:1, Sardor Abdunabiyev (Azizbek To‘lqinbekov) 88, 1:2

Superliganing 16-turi doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Nasaf" uchrashuvida "ajdarlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarga Husayn Norchayev, Otabek Ahadov (avtogol) va Rubin Xebaylar mualliflik qildi.

"So‘g‘diyona" — "Nasaf" 1:2
Gollar: Husayin Norchayev 6, - 0:1 (Stefan Cholovich). Otabek Ahadov 27 avtogol, - 0:2. Rubin Xebay 58, - 1:2.

Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvida jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.

Dastlab samarqandliklar futbolchisi Dmitriy Pletnyov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa jamoa ikkinchi golni ham kiritdi. Bu galgi gol muallifi Oleksandr Kucherenko bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni esa namanganliklar hujum bilan boshlab, 50-daqiqada Abbosjon G‘ulomov hisobni qisqartirdi.

Shuningdek, "lochinlar" hujum ortidan hujum uyushtirib, hisobni tenglashtirdi ham. Ruslanbek Jiyanov penaltidan unumli foydalandi. Bundan tashqari, "Dinamo" futbolchisi Ratino 86-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Ushbu vaziyatda hakam VAR tekshiruvini uzoq kuzatgandan so‘ng penalti belgilagan edi.

"Dinamo" – "Navbahor" 2:2
Gollar: 1:0 – 32, Dmitriy Pletnyov (Jahongir O‘rozov), 2:0 – 35, Oleksandr Kucherenko (Dmitriy Pletnyov), 2:1 – 49, Abbos G‘ulomov (Zabihillo O‘rinboyev), 2:2 – 54, Ruslan Jiyanov (penalti)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliganing 16-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollar (video)