Ukrainadagi o‘zbekistonlik qurbonlar soni ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish29.3K
Ukrainadagi o‘zbekistonlik qurbonlar soni ma’lum qilindi
11-iyul holatiga ko‘ra, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya (SVO) davomida Rossiya safida jang qilgan 66 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, deb xabar berdi BBC.

O‘zbekiston Rossiya–Ukraina mojarosida halok bo‘lganlar soni bo‘yicha ilk uchlikka kirdi. Rossiya armiyasidagi chet elliklar orasida eng ko‘p qurbonlar Tojikistondan — 72 kishi. Ikkinchi o‘rinda Nepal (70), uchinchi o‘rinda esa Gruziya (63). Ukraina esa Rossiya tomonida halok bo‘lganlar soni bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi.

BBC ta’kidlashicha, eng ko‘p yo‘qotish Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan bo‘lishi mumkin, biroq mamlakat rasmiy statistika yuritmaydi. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi tarkibida 600 nafar shimoliy koreyalik halok bo‘lgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 3-mart holatiga ko‘ra, Ukraina safida 3,3 mingga yaqin chet ellik yollanma jangchi bor.

2024-yil mart oyida Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina safida jang qilgan 5,9 ming xorijlik halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?