O‘zbekistonning taniqli kulgu ustasi, hazil va satira olamida o‘z o‘rnini topgan Hojiboy Tojiboyevning qizi — Madina Tojiboyevaning turmush qurgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Madina bugun Islom Mansurov ismli xonanda bilan rasman nikohdan o‘tgani haqida shaxsiy internet sahifalari orqali ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, juftlikning fotiha marosimi 2025 yil 25 iyul kuni bo‘lib o‘tgan edi. Bugungi nikoh marosimida esa ularning yaqin do‘stlari, oila a’zolari hamda mashhur blogerlar ishtirok etishdi. Tantana ko‘tarinki ruhda o‘tdi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Madina Tojiboyeva tomonidan joylangan videolarda nikoh marosimidagi quvonchli onlar, uzuk taqish jarayonlari aks etgan. Ko‘plab foydalanuvchilar yangi oilaga muhabbat, baraka va hamjihatlik tilab, tabriklar yozishmoqda. Hojiboy Tojiboyevning oilasi doimo xalq mehrini qozongan bo‘lib, bu galgi shodlik ham ommaviy kayfiyatni ijobiy tarzda baholashga sabab bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!