date

Chorvoqda “bir tomchi suv” ham tahlikali – Sea Breeze loyihasi bo‘yicha hukumat talabi qanday?

Chorvoqda “bir tomchi suv” ham tahlikali – Sea Breeze loyihasi bo‘yicha hukumat talabi qanday?

Oxirgi oylarda jamoatchilik muhokamasining markazida turgan Sea Breeze loyihasi yuzasidan Hukumat tomonidan maxsus qaror qabul qilinishi kutilmoqda, deb xabar berdi ekologik soha vakillari. Ekologiya vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev ma’lum qilishicha, loyiha bo‘yicha faollar bildirgan e’tiroz va takliflar alohida o‘rganib chiqilgan va kompaniya oldiga qator mas’uliyatli shartlar qo‘yilgan.

Ayniqsa, Toshkent shahrining asosiy ichimlik suvi manbai hisoblanuvchi Chorvoq suv ombori atrofida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bo‘yicha ekologik xavotirlar yetarlicha muhokama qilingan edi. Bu masalada qo‘yilgan muhim talablardan biri – Chorvoq yoki Chirchiq daryosiga suv chiqarilmasligi shart. Investor barcha ehtiyojlar uchun suvni qayta ishlash va to‘liq o‘zi foydalanish tizimini yaratishi kerak bo‘ladi. Bunda barcha xarajatlar faqat kompaniya hisobiga amalga oshiriladi.

Rasmiylar ta’kidlashicha, qabul qilinadigan Hukumat qarorida suvning bir tomchisi ham Chorvoqqa tushirilsa, loyiha faoliyati darhol to‘xtatilishi va investitsiya shartnomasi bekor qilinishi qat’iy belgilab qo‘yiladi. Ya’ni, suv xavfsizligi va ekologik barqarorlik ustuvor vazifa sifatida qaraladi.

Bosh prokuratura esa kurort hududida barcha shaharsozlik va ekologik talablar ijrosini qat’iy nazorat qiladi. Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura loyiha yechimlaridan to foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda oshkoralik va qonuniylikni to‘liq ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.

Yangi qaror loyihaning har bir bosqichida jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barcha jarayonlarning shaffofligini kafolatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Jamoatchilik endi bu jarayon qanday davom etishini diqqat bilan kuzatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chorvoqda “bir tomchi suv” ham tahlikali – Sea Breeze loyihasi bo‘yicha hukumat talabi qanday?