Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvida jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab samarqandliklar futbolchisi Dmitriy Pletnyov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa jamoa ikkinchi golni ham kiritdi. Bu galgi gol muallifi Oleksandr Kucherenko bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni esa namanganliklar hujum bilan boshlab, 50-daqiqada Abbosjon G‘ulomov hisobni qisqartirdi.
Shuningdek, "lochinlar" hujum ortidan hujum uyushtirib, hisobni tenglashtirdi ham. Ruslanbek Jiyanov penaltidan unumli foydalandi. Bundan tashqari, "Dinamo" futbolchisi Ratino 86-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Ushbu vaziyatda hakam VAR tekshiruvini uzoq kuzatgandan so‘ng penalti belgilagan edi.
Ma’lumot o‘rnida, "Dinamo" ushbu uchrashuvdagi 1 ochko bilan ochkolar sonini 30 taga yetkazib oldi. "Navbahor"da esa bugungi bellashuvdan so‘ng 27 ochko mavjud.
"Dinamo" – "Navbahor" 2:2
Gollar: 1:0 – 32, Dmitriy Pletnyov (Jahongir O‘rozov), 2:0 – 35, Oleksandr Kucherenko (Dmitriy Pletnyov), 2:1 – 49, Abbos G‘ulomov (Zabihillo O‘rinboyev), 2:2 – 54, Ruslan Jiyanov (penalti)
"Dinamo": 13. Ravshan Yagudin, 6. Jahongir O‘rozov, 7. Ratino, 8. Sanjar Qodirqulov (77. Mahmud Mahamadjonov, 60), 10. Anvar Hojimirzayev (23. Behruz Oblaqulov, 76), 16. Richard Fraydey (25. Oybek O‘rmonjonov, 60), 18. Oleksandr Kucherenko, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 21. Jahongir Abdusalomov, 55. Dmitriy Pletnyov, 99. Ulug‘bek Hoshimov.
Zaxira: 27. Edem Ne’manov, 9. Mirjahon Mirahmadov, 11. Xislat Xalilov, 22. Ulug‘bek Abdullayev, 37. Firdavs Abdurahmonov, 88. Marko Stanoyevich.
"Navbahor": 16. Shukron Yo‘ldoshev, 5. Julio Sezar, 7. Azim Ahmedov (8. Shohmalik Komilov, 46), 9. Zabihillo O‘rinboyev (14. Jamshid Boltaboyev, 90+4), 11. Muhammadali G‘iyosov, 13. Benjamin Teidi (15. Javohir Abdujabborov, 46), 17. Ruslan Jiyanov (77. Muslim Habibullayev, 89), 19. Mirzohid G‘ofurov (12. Saidazamat Mirsaidov, 46), 32. Muhammadbobir Mo‘ydinov, 70. Abbos G‘ulomov, 99. Igor Gabriel.
Zaxira: 1. Umid Ergashev, 24. Doston Abdulxayev, 29. Pedro Augusto, 36. Gelerme Gedesh.
Ogohlantirishlar: Anvar Hojimirzayev (53), Muhammadbobir Mo‘ydinov (71)
Superliga. "Dinamo" "Navbahor" bilan jangovar durang qayd etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar