2025-yil 26-iyul kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida yurakni ezuvchi, ayni vaqtda g‘amli voqea sodir bo‘ldi. 12 yil kutilgan qizaloq og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, biroq unga zaruriy tibbiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan.
Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, chaqaloqning ahvoli yetarli darajada baholanmagan, shoshilinch choralar ko‘rilmagan. Oradan bir necha soat o‘tib, go‘dakning yuragi urishni to‘xtagan.
Voqea ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi ochildi. Tibbiyot xodimlarining harakati Jinoyat kodeksining 116 va 117-moddalari doirasida o‘rganilmoqda.
Mutasaddilar bu holat barcha tibbiyot muassasalari uchun ogohlik bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda. Har bir bolakay hayoti bebaho – uni asrash hammamizning burchimiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!