22:26 / 13.12.2023
915

Shavkat Mirziyoyevning yangi farmoni e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi farmoni e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidentining «Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2024 yil hosilidan boshlab:

- paxta xomashyosini yetishtiruvchi xo‘jaliklar va klasterlar o‘rtasida paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining «paxta xomashyosi seksiyasi»da har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolar natijalariga ko‘ra tuziladi;

- fyuchers shartnomasiga muvofiq yetkazib berilishi lozim bo‘lgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek, klaster bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, o‘z mablag‘lari, shu jumladan jalb qilingan mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomonidan birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotiladi yoki qayta ishlanadi. Bunda, fyuchers shartnomasi bo‘yicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosi fyuchers shartnomasi tuzilgan klasterga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilishi mumkin;

- paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va o‘lik paxta) to‘liq hajmda birja orqali sotiladi.

Endilikda paxta xomashyosi fermerlarning o‘z mablag‘lari, shu jumladan, tijorat kreditlari hisobi bilan yetishtirilganda paxta xomashyosi yoki undan olinadigan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni (tola, chigit, lint va boshqalar) birjada erkin sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha paxta xomashyosi masalasida yig‘ilish o‘tkazgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat