Samarqandda yoqilg‘i shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

1 daqiqa o'qish432
Samarqandda yoqilg‘i shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand shahrida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchalaridadan birida yong‘in yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisaga oid videolar tez tarqalib, jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, yong‘in 5 may kuni soat 11:13 da Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan shoxobchada sodir bo‘lgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, qutqaruv xizmatlari zudlik bilan voqea joyiga yo‘l olgan.

Soat 11:18 da yetib kelgan 5 ta qutqaruv bo‘linmasi yong‘inni qisqa vaqt ichida nazoratga olgan. Yong‘in soat 11:30 da o‘rab olingan va 11:50 ga kelib to‘liq bartaraf etilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?