Toshkent markazida bahoriy "Gullar festivali" bo‘lib o‘tadi

Toshkent markazida bahoriy "Gullar festivali" bo‘lib o‘tadi
Qisqacha

Toshkentda 6–9 may kunlari "Gullar festivali" o'tkaziladi. Festival davomida rang-barang gullar ko'rgazmalari, san'atkorlar ishtirokidagi konsertlar va interaktiv tadbirlar bo'ladi. Tashrifchilar uchun kirish mutlaqo bepul va tadbir A. Navoi nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi oldida bo'lib o'tadi. Festival bahor kayfiyatini ulashish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

Toshkent shahrida 6–7–8–9 may kunlari “Gullar festivali” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur festival davomida tashrif buyuruvchilarni rang-barang gullar ko‘rgazmalari, taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari hamda turli interaktiv ko‘ngilochar tadbirlar kutmoqda.

Festivalga o'sha kunlari ertalab soat 10:00 dan kechki 22:00 gacha tashrif buyurish mumkin. Eng quvonarlisi, kirish mutlaqo bepul etib belgilangan.

Tadbir Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda tashkil etiladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun Toshkent metrosining “Mustaqillik maydoni” bekati orqali ham qulay yetib borish imkoniyati mavjud.

Festival poytaxt aholisiga va mehmonlarga bahor kayfiyatini ulashuvchi, oila va do‘stlar bilan maroqli dam olish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar