Farzandlar ona bag‘riga qaytarildi

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir, shaxsning jismonan va ma’naviy rivojlanishi shart-sharoitlari aynan oilada shakllanadi. Bola ota-onasi bilan birga yashash huquqiga ega.
Biroq, so‘nggi vaqtlarda bo‘layotgan oilaviy ajralishlar farzandlar taqdiri hamda ularning kelgusida ota yoki ona bilan qolishlari, ta’minoti kabi og‘riqli savollarni kun tartibiga chiqarib qo‘yayotganligi hech kimga sir emas.
Fuqaro M.U turmush o‘rtog‘i T.T bilan oilaviy kelishmovchilik sababli uyidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Biroq, 2 nafar 14.06.2022 yildagi N.S hamda 10.09.2023 yilda tug‘ilgan N.I voyaga yetmagan qiz farzandlarini olib ketolmagach, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudiga murojaat qilgan va sud 06.04.2026 yilda voyaga yetmagan 2 nafar farzandlarni ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, da’voni qanoatlantirgan.
MIB Konimex tuman bo‘limi tomonidan mazkur sudning T.T.dan, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini onasi M.Uning tarbiyasiga olib berish to‘g‘risida ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ijroni amalga oshirish maqsadida taraflarga ixtiyoriy muddat berilib, ogohlantirilib, natijada ijro harakatlari va tushuntirishlar davomida farzandlar ona tarbiyasiga olib berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!