
27-oktabrdan boshlab Air Marakanda kompaniyasi tomonidan boshqariladigan Samarqand xalqaro aeroporti 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumi parvoz jadvaliga o'tdi. 2025-yil bahor-yoz mavsumida aeroport 900 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga ko‘pdir. O'tgan mavsumda yo'nalishlar tarmog'i sezilarli kengaydi.
Ural Airlines Samarqanddan Krasnoyarskka, Azimuth Airlines esa Samaradan va Krasnodardan yangi reyslarni yo'lga qo'ydi. Shuningdek, AZAL Airlines Bokuga, Qazaq Air Astanaga (Turkiston orqali) va China Southern Airlines Urumchiga to'g'ridan-to'g'ri parvozlarni qayta tikladi.
Samarqandda joylashgan Centrum Air kompaniyasi ham yo‘nalishlar rivojiga hissa qo‘shdi. U sakkizta yo‘nalishda, jumladan, Dushanbe, Vladivostok, Xabarovsk va Urganchga parvozlarni amalga oshirdi.
Yo‘lovchilar qulayligi uchun kutish zalida yangi xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Endi u yerda sartaroshxona, 24 soat ishlovchi Gate 24/7 kafesi va Yess Coffee qahvaxonasi mavjud.
Yangi mavsumda sherik aviakompaniyalar mashhur yo'nalishlar bo'yicha reyslar sonini oshiradi. Azimuth Airlines Ufaga haftasiga uch marta, Sunexpress Izmirga uch marta parvoz qiladi.
Ural Airlines esa Moskva (Domodedovo)ga har kuni, Yekaterinburgga esa haftasiga uch marta reyslarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, Qazaq Air Astanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni boshlashni, Utair esa Sankt-Peterburgga parvozlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda.
Kuz-qish jadvalini ishga tushirishdan oldin aeroportda barcha texnik xizmatlar tekshirildi. Past haroratga moslashtirilgan maxsus texnika tayyorlandi: qor tozalash mashinalari va uchish-qo‘nish yo‘laklarini muzdan tozalovchi vositalar xizmatga hozirlab qo‘yildi.
Shuningdek, favqulodda-qutqaruv xizmati, energiya ta’minoti va yoritish tizimlari ham sinovdan o‘tkazildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar