date

O‘zbekistonda noqonuniy alkogol va tamaki bozori qisqardi


O‘zbekistonda noqonuniy alkogol va tamaki ulushi sezilarli darajada qisqardi — so‘nggi bir yilda deyarli ikki barobarga kamaydi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, noqonuniy alkogol mahsulotlari ulushi 35 foizdan 18 foizga, tamaki mahsulotlari esa 19,6 foizdan 9 foizga tushgan.

Sohaning tartibga solinishi uchun Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilgan. Ishlab chiqaruvchilar raqamli nazorat tizimiga ulangan: korxonalarga videokameralar va hisoblagichlar o‘rnatilgan, transport vositalari esa GPS kuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan.

Tekshiruvlar natijasi bozorning asta-sekin shaffoflashayotganini ko‘rsatmoqda. Islohotlar davomida 1400 dan ortiq qonunbuzarlik aniqlangan, qariyb 900 ming shisha alkogol va shuncha sigaret qadoqlari musodara qilingan.

44 kompaniya litsenziyasidan mahrum bo‘lgan, yana yettitasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda noqonuniy alkogol va tamaki bozori qisqardi