
O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi og'ir sharoitlarda qolgan 19 nafar hamyurtimizni vataniga qaytarishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi. O'zbekiston fuqarolari Kiyev viloyatidagi issiqxonalardan birida majburiy ishlashga undalgan.
Ularning qaytarilishiga Kiyev va Moldovadagi Xalqaro migratsiya tashkiloti yordam ko'rsatdi. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, 28-oktabr kuni hamyurtlarimiz Kiyevdan Kishinyovga avtotransport vositalarida olib kelingan.
U yerda ular xavfsiz yashash sharoitlari, oziq-ovqat va zarur yordam bilan ta'minlangan. 3-noyabr, dushanba kuni esa ular muvaffaqiyatli ravishda vataniga qaytarildi.
19 nafar o'zbekistonlikning barchasi “jabrlanuvchi” deb tan olindi, bu esa ularga nisbatan Ukraina qonunchiligi bo'yicha sanksiyalar qo'llanmasligini ta'minladi.
Ukrainadagi mehnat qulligidan qutqarilgan o'zbekistonliklar uyga qaytarildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar