date

Uzbekistan Airways samolyotlari Qozonga yo'naltirildi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent—Ufa—Toshkent yo'nalishidagi HY9657/9658 reysi zaxira aerodrom sifatida Qozonga yo'naltirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

O'zgarishlar Ufa xalqaro aeroportidagi vaqtinchalik cheklovlar sababli amalga oshirildi. Parvozlar jadvali bo'yicha batafsil ma'lumot keyinroq taqdim etiladi.

Yo'lovchilarga aviakompaniyaning rasmiy manbalaridagi yangiliklarni kuzatib borish tavsiya etiladi. Eslatib o'tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi avvalroq 4-noyabr kuni kechasi Bashkortostonda ikkita ukrainalik dron urib tushirilganini xabar qilgan edi.

Shuningdek, Kursiv Uzbekistan nashri Uzbekistan Airways Namangan—Krasnodar—Namangan yo'nalishidagi reyslar jadvalida ham o'zgartirishlar kiritilganini ma'lum qilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uzbekistan Airways samolyotlari Qozonga yo'naltirildi