date

Toshkentda bir oilada birdaniga 4 egizak dunyoga keldi

Toshkentda bir oilada birdaniga 4 egizak dunyoga keldi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi Odiljon va Sevara Abdullayevlar oilasida quvonchli voqea yuz berdi — ular bir yo‘la 4 egizak farzandli bo‘ldi. Oila bundan avval 2 yoshli qizalog‘ini tarbiyalab kelayotgan edi. Endilikda esa ular jami 5 nafar farzandning ota-onasiga aylandi.

Chaqaloqlar Respublika perinatal markazida muddatidan oldin, kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga kelgan. Shifokorlar tomonidan jarayon muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning birinchisi o‘g‘il bola bo‘lib, uning vazni 1412 gramm, bo‘yi 37 santimetrni tashkil etdi. Ikkinchi farzand esa qizaloq bo‘lib, 1624 gramm vazn va 37 santimetr bo‘y bilan tug‘ilgan.

Uchinchi egizak ham qiz bola bo‘lib, uning vazni 1466 gramm, bo‘yi 37 santimetrni tashkil qilgan. To‘rtinchi chaqaloq esa o‘g‘il bo‘lib, 1780 gramm vazn va 38 santimetr bo‘y bilan dunyoga kelgan.

Hozirgi vaqtda barcha chaqaloqlar tibbiyot muassasasida shifokorlar nazorati ostida, xalqaro tibbiy protokollar asosida parvarish qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir oilada birdaniga 4 egizak dunyoga keldi