Honor 600 smartfonlari Moskva muzeyida namoyish etiladi

Texno1 daqiqa o'qish176
Honor 600 smartfonlari Moskva muzeyida namoyish etiladi

«Muzeylar kechasi» aksiyasi doirasida Moskva muzeyi tashrif buyuruvchilari yangi Honor 600 turkumidagi smartfonlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻladilar. Foydalanuvchilar 200 Mp sigʻimli sunʼiy intellektga asoslangan kamera hamda yangilangan «Foto v video 2.0» funksiyasini sinovdan oʻtkazishlari mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Muzey hududida yettita maxsus demo-zona tashkil etilgan boʻlib, ularda tashrif buyuruvchilar past yorugʻlik sharoitida suratga olish imkoniyatlarini baholashlari mumkin. Shuningdek, sunʼiy intellekt yordamida muzey eksponatlarini jonlantirish jarayoni namoyish etiladi.

Leksiyalar zalida Honor kompaniyasining multimedia installyatsiyasi ochiladi. Unda «Moskva tarixi» va boshqa koʻrgazmalar bilan bir qatorda Honor Talents tanlovi ishtirokchilarining ijodiy ishlari ham oʻrin olgan.

«Foto v video 2.0» funksiyasi uchta tasvir asosida videoroliklar yaratish, ularga ovozli sharhlar va matnli soʻrovlar qoʻshish imkonini beradi. Demo-zonalar 17-may kuni ham oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Dizayni iPhone 17 Pro modellarini eslatuvchi hamda 7000 mA·soat sigʻimli akkumulyator bilan jihozlangan Honor 600 turkumidagi smartfonlarning Rossiya bozorida 2026-yil 28-mayda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?