Tashkent City’ning yangi yulduzi: sayyohlar qo‘riqchi it bilan suratga tushmoqda

Tashkent City hududida noodatiy “yulduz” paydo bo‘ldi — bu safar mashhurlikka inson emas, balki mahalliy qo‘riqchi it erishdi.
Guvohlarning aytishicha, it deyarli har kuni qo‘riqchilar bilan birga hududni aylanib yuradi va o‘zining sokin hamda do‘stona fe’l-atvori bilan sayyohlar e’tiborini tortmoqda. U allaqachon tashrif buyuruvchilarning sevimlisiga aylangan — ko‘pchilik u bilan suratga tushib, tasvirga olmoqda.
Ayniqsa, xorijlik mehmonlar ushbu itga katta qiziqish bildirmoqda. Ular uchun bu holat nafaqat qiziqarli, balki o‘ziga xos esdalik ham bo‘lib qolmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar esa qisqa vaqt ichida keng ommaga yetib bordi. Foydalanuvchilar hazil aralash tarzda itni “Tashkent City’ning mahalliy yulduzi” deb atamoqda. Shu tariqa oddiy qo‘riqchi it ham o‘ziga xos mashhurlikka erishdi.
