Stu Holden: Christian Pulisic, AQSHning JCHdagi imkoniyatlari va Cristiano Ronaldo

AQSH terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stu Holden Mauricio Pochettino boshqaruvidagi jamoa, Portugaliyaning imkoniyatlari va boʻlajak Jahon chempionatining mamlakat sport madaniyatiga taʼsiri haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu yozda AQSHda futbol muxlislarining yangi avlodi shakllanadi va sport turi mamlakatda mutlaqo yangi darajaga koʻtariladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Holden ayni damda Milan safida barqaror oʻyin koʻrsata olmayotgan Christian Pulisic haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Ekspertning fikricha, futbolchining klubdagi holati uning terma jamoadagi yetakchiligiga taʼsir qilmaydi. "2022-yilgi Jahon chempionati oldidan ham u 18 ta oʻyinda bitta gol urgan edi, ammo turnirda ajoyib oʻyin koʻrsatdi. Bu menga ishonch bagʻishlaydi", — deydi Holden.
Turnir favoritlari haqida gapirganda, Holden Portugaliya terma jamoasini alohida taʼkidladi. Uning fikricha, Cristiano Ronaldo boshchiligidagi jamoa uzoqqa borishi mumkin. Biroq, umumiy tarkib jihatidan Fransiya terma jamoasi qolgan barcha raqiblardan sezilarli darajada kuchliroq ekanligini eʼtirof etdi.
Stu Holden hozirda On Location kompaniyasining FIFA mehmondoshlik paketlari boʻyicha elchisi va Fox Sports sharhlovchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. U boʻlajak turnirni AQSH tarixidagi eng yirik sport voqeasi deb hisoblaydi va bu musobaqa yosh bolalar hamda kelajak avlod uchun unutilmas tajriba boʻlishini taʼkidlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!