date

Kuyov Germaniyadan o‘zbek kelini uchun do'stlari bilan uchib keldi

Kuyov Germaniyadan o‘zbek kelini uchun do'stlari bilan uchib keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Germaniyadan kelgan kuyov va uning do‘stlari ishtirok etgan o‘zbek to‘yi aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Kadrlarda xorijlik mehmonlarning o‘zbek milliy urf-odatlari, to‘y marosimlari va samimiy muhit bilan yaqindan tanishayotgani tasvirlangan. Ular milliy taomlar, kuy-qo‘shiqlar va an’anaviy marosimlarni katta qiziqish bilan kuzatayotgani ko‘rinadi.

Ayniqsa, o‘zbeklarning mehmondo‘stligi va iliq munosabati xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham alohida ta’kidlanmoqda. Ko‘plab izohlarda mehmonlarning hayrat va quvonchga to‘la reaksiyalari e’tirof etilgan.

Mazkur video qisqa vaqt ichida internetda tez tarqalib, minglab tomosha va ijobiy fikrlarni jamlashga ulgurdi. Ko‘pchilik buni milliy qadriyatlarimiz va mehmondo‘stligimizning yana bir yorqin namoyishi sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kuyov Germaniyadan o‘zbek kelini uchun do'stlari bilan uchib keldi