Qozog‘istondan oziq-ovqat orasiga yashirilib olib kirilayotgan dorilar to‘xtatib qolindi

1 daqiqa o'qish140
Qozog‘istondan oziq-ovqat orasiga yashirilib olib kirilayotgan dorilar to‘xtatib qolindi

Foto: DXX

Qozog‘istondan O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan yirik partiyadagi dori vositalari fosh etildi. Tezkor tadbir DXX Chegara qo‘shinlari va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, yuk avtomashinasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi "S. Najimov" chegara bojxona posti orqali mamlakatga kirib kelgan. Tekshiruv davomida transport vositasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari borligi aniqlangan.

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqargan yuk mashinasidan 52 turdagi tibbiyot buyumlari va dori vositalari topilgan. Jami 95 ming 369 dona mahsulot noqonuniy tarzda olib kirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, noqonuniy yuklarni qabul qilib olayotgan vaqtda Toshkent tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan shaxs ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarning umumiy qiymati 1 milliard 323 million so‘mni tashkil etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?