Zarafshonda quvonchli voqea: bir kunda 4 nafar ayol egizak farzandli bo‘ldi

Zarafshonda quvonchli voqea: bir kunda 4 nafar ayol egizak farzandli bo‘ldi

Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida kam uchraydigan quvonchli voqea qayd etildi. Shifokorlar va tibbiyot xodimlarining yuqori malakasi hamda professional yondashuvi tufayli bir kunning o‘zida to‘rt nafar ona egizak farzandlarni sog‘-omon dunyoga keltirdi.

Tug‘ruq jarayonlari tajribali akusher-ginekologlar va pediatr-neonatologlar nazorati ostida muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Natijada jami 8 nafar chaqaloq — o‘g‘il va qizlar sog‘lom holatda tug‘ildi.

Ayni vaqtda barcha chaqaloqlar va ularning onalari shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, ahvollari qoniqarli ekani ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar