Farg‘onada noodatiy holat: ayol erini urgani uchun jazolandi

Oilaviy zo‘ravonlik faqat erkaklar tomonidan sodir etiladigan holat emas — Farg‘onada qayd etilgan voqea buning aksini ko‘rsatdi.
Fargʻona viloyatida er-xotin o‘rtasidagi oddiy maishiy kelishmovchilik jiddiy janjalga aylanib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, farzandlarini aylantirish maqsadida ko‘chaga chiqqan er-xotin o‘rtasida dastlab san’at saroyi yoki savdo majmuasiga borish masalasida tortishuv yuzaga kelgan.
Oradan ikki kun o‘tgach, ushbu bahs yana davom etgan va bu safar janjal keskinlashgan. Natijada 27 yoshli ayol eriga nisbatan zo‘ravonlik qilib, qo‘li bilan urib unga tan jarohati yetkazgan.
Sud majlisida ayol o‘z aybiga iqror bo‘lib, ko‘rsatmasida janjal chog‘ida o‘zini himoya qilish maqsadida erini turtib yuborganini bildirgan.
Jabrlanuvchi erkak esa turmush o‘rtog‘ini kechirmasligini aytib, suddan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayol oilaviy zo‘ravonlik jinoyatini sodir etgan deb topildi va unga 8 million 240 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Mazkur holat oilaviy muammolarni zo‘ravonliksiz hal qilish muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!