1-lavha. “O‘zbek” atamasi hamda o‘zbek xalqi etnik birligining shakllanish
“O‘zbek” atamasi haqida hozircha “O‘zbekiston tarixi” fanida yakdil xulosa yo‘q. Ayrim mualliflar Dashti Qipchoqda ko‘chib yurgan turk-mo‘g‘il qabilalarining bir qismi o‘zlarini erkin tutganliklari sababli “o‘zbek”, ya’ni “o‘z-o‘ziga bek, xo‘jayin” deb atagan desalar, boshqalar “o‘zbek” etnonimini Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (XIV asr) nomi bilan bog‘laydilar.
Boshqa yana bir guruh olimlar esa Oq O‘rdada (Dashti Qipchoqning sharqiy qismida) yashagan turk-mo‘g‘il qabilalariga “o‘zbeklar” degan nom berilgan, degan fikrni bildiradilar. “O‘zbek” atamasi o‘g‘iz qabilalari tarkibidagi “o‘z” urug‘i nomidan olingan, degan fikrlar ham mavjud.
Hozircha anig‘i shuki, Shayboniyxon boshchiligida Dashti Qipchoqdagi o‘zlariga “o‘zbek” degan nomni qabul qilgan qabilalar ikki daryo oralig‘idagi yerlarga ko‘chib kelgach, o‘zbek xalqi — xalq sifatida shakllandi, deyish tarixiy haqiqatga mutlaqo zid. Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, Movarounnahrning qadimiy xalqi ham “o‘zbek” atamasini qabul qildilar. “O‘zbek” atamasi aholining umumiy nomiga aylandi.
O‘zbeklar elat sifatida Osiyoning markaziy hududlari, jumladan Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalarida shakllangan.
O‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘zbekiston hududida qadimdan o‘troq yashab, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan mahalliy sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar, yarimchorvador qang‘lar, ko‘chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan.
Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik guruhlar (komponentlar) ham o‘zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar. Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashganlar.
“O‘zbek” atamasi — umumturk qavmlarining “o‘zbiy” va “o‘zbak” atamalar uyg‘unligida “qabila begi”, “hukmdor” degan ma’nolarni bildiradi.
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yuqorida nomlari qayd etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, ya’ni o‘zbek xalqiga xos antropologik tip (etnik qiyofa) shakllanadi.
Tarix taqozosi bilan Sharq va G‘arbdan turli qabilalarga mansub etnik guruhlar o‘lkamizga kirib kelib, mahalliy tub aholi bilan nasl jihatidan qo‘shilib-qorishib ketdi. Asrlar davomida yuz bergan bunday etnik jarayonlar natijasida o‘z hududi, davlatchiligi, tili, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy turmush tarziga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi shakllandi.
Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII–VI asrlarda O‘zbekiston hududida sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan.
Qadimgi Baqtriya O‘rta Osiyodagi qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg‘iyona va Sug‘diyona — Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta’siri ostida bo‘lgan. Shuning uchun qadimda bir-biriga qarindosh bo‘lgan elatlarning kichik davlatlari — “davlatlar birlashmasi” deb atalgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”