
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining yagona tranzit tizimiga qo‘shilish bo‘yicha ishlarni boshlashga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda 13-noyabr kuni YEIKning bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Ruslan Davыdov va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Tizimga qo‘shilish bojxona jarayonlarini soddalashtirish, tranzit yuk va tovarlarni tezroq yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi. Uchrashuvda, shuningdek, tovarlar va transport vositalari haqidagi bojxona ma’lumotlari almashinuvi masalalari muhokama qilindi.
Bu tashqi savdo shaffofligini oshirish va nazoratni kuchaytirish imkonini beradi. Ruslan Davыdov target-markaz va elektron deklaratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi, nazorat jarayonlariga sun’iy intellekt joriy etilishi va inspektorlar ishini baholash tizimini alohida qayd etdi.
Shuningdek, u YEOT doirasida elektron navigatsiya plombalaridan foydalanish istiqbollarini tilga oldi va ularni Toshkent—Sankt-Peterburg yo‘nalishida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.