date

Nicolas Jekson qishda Bavariyadan ketmaydi

Nicolas Jekson qishda Bavariyadan ketmaydi
Hujumchi Nicolas Jekson mavsum oxirigacha "Bavariya" safida o'ynashda davom etadi. Senegal terma jamoasi aʼzosi "Chelsi"dan ijaraga olingan va uning Londonga qaytishi ehtimoldan yiroq.

Futbolchining kelajagi haqidagi savollar mavjud bo'lsa-da, jurnalist Florian Plettenbergning maʼlumotiga ko'ra, myunxenliklar Jekson bilan qishki transfer oynasida xayrlashmoqchi emas. Shuningdek, 24 yoshli hujumchining o'zi ham yanvarda jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.

Joriy mavsumda Jekson "Bavariya" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ehtimol, kelasi yil yozida "Chelsi" futbolchini boshqa klubga sotadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nicolas Jekson qishda Bavariyadan ketmaydi