08:57 / 25.09.2018
5 604

Toshkentda 1 oktyabr kuni otliq parad boʻlib oʻtadi (foto)

Toshkentda 1 oktyabr kuni otliq parad boʻlib oʻtadi (foto)

Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida 1 oktyabr kuni soat 16:00 da otliq parad boʻlib oʻtadi. Tadbirda 100 dan ortiq ingliz, nemis, yangiqirgʻiz, qorabayir va friz zotiga mansub ot ishtirok etadi. Bu haqda Yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Otlarda parad kiyimidagi ot sporti turlari boʻyicha sportchilar, Oʻzbekiston DXX Chegara qoʻshinlari, IIV huzuridagi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya kavaler eskadronining faxriy qorovul batalyoni xodimlari harakatlanadi.

Federatsiya tomonidan maʼlum qilinishicha, otliq parad 1 oktyabr kuni oʻqituvchilar va murabbiylar bayrami munosabati bilan oʻtkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 1 oktyabr kuni otliq parad boʻlib oʻtadi (foto)