08:25 / 22.12.2018
8 036

Endi jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini ham oshirilgan stavkalarda to‘laydi

Endi jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini ham oshirilgan stavkalarda to‘laydi
Endi jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini ham oshirilgan stavkalarda to‘laydi. 100 eng kam ish haqi miqdoridan ortiq soliq qarzi bo‘lganda esa sud orqali qarzlarni qoplash hisobidan undiruv ob’ektga qaratiladi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 15 sentyabridan boshlab foydalanilmayotgan ob’ektlar mulkdorlari — yuridik shaxslarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llanilmoqda: ular soddalashtirilgan soliq solish tartibidan umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazilmoqda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i esa ob’ektning «turib qolish» muddatiga qarab oshirilgan miqdorda undirilmoqda.

Amaldagi tartibga tuzatish kiritildi, buning natijasida:

Birinchidan, mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining belgilangan stavkalariga oshirilgan koeffitsiyentlar endi jismoniy shaxslar – qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, bo‘sh turgan binolar, noturar inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari (mulk huquqining vujudga kelish asoslari va egallagan maydon hajmidan qat’i nazar) mulkdorlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Ulardan ko‘rsatilgan soliqlar avvaliga ikki karra, yarim yil o‘tgandan so‘ng — besh karra, bir yil o‘tgandan so‘ng va keyinchalik — 10 karra miqdorda undiriladi.

Mazkur holda mexanizm yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llaniladiganidan farqlanmaydi. Jismoniy shaxslarga tegishli foydalanilmayotgan ob’ektlar yoppasiga inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. So‘ng mulkdorlardan aniq moliyalashtirish manbalarini, muddatlar va boshqa hisob-kitoblar asoslanmasini ko‘rsatgan holda aniqlangan ob’ekt bo‘yicha aniq «harakatlar rejasi» so‘raladi. Mazkur ma’lumotlar asosida «yo‘l xaritasi» va investitsiya loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ikki oy muddatda investitsiya loyihasini taqdim etmagan yoki amalga oshirmagan mulkdorlarga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi. Keyingi oydan boshlab (xulosa olingan paytdan e’tiboran) soliqlar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

Shu bilan birga, investitsiya loyihasi amalga oshirilmagan yoki taqdim etilmagan xususiy mulk ob’ekti bo‘yicha soliq qarzi tekshiriladi. Agar u 100 baravar eng kam ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lsa, sud tartibida uni qoplash hisobidan undiruv mazkur ob’ektga qaratiladi;

Ikkinchidan, endi ta’sir choralari faqat foydalanilmayotgan ob’ektlarning xususiy mulkdorlariga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan davlat organlari muassisi bo‘lgan davlat korxonalariga nisbatan endi mazkur tartib tatbiq etilmaydi. Biroq ustav kapitalida xususiy investorlar bilan bir qatorda davlat ulushi bo‘lgan sub’ektlarni umumbelgilangan soliq solish tizimiga o‘tkazish hamda ularning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini oshirilgan stavkada to‘lashi yuzasidan amaliyotda savollar yuzaga kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini ham oshirilgan stavkalarda to‘laydi