
To‘tiqushlar eng aqlli jonivor hisoblanmasligi va hatto qushlar orasida ham eng birinchi o‘rinlarni egallamaganiga qaramay, faunaning so‘z va hatto jumlalarni talaffuz eta oladigan yagona vakili sanaladi. Bundan tashqari, bir necha marta qayd etilganidek, ayrim to‘tiqushlarning nutqi – nafaqat odamning gapini ko‘r-ko‘rona takrorlash, balki ongli so‘zlar to‘plami hamdir. Biroq ular tovushlarni qanday qilib talaffuz qiladi, qaysi organlar hisobiga gaplasha oladi?
Sir emaski, maxsus usullarda bir necha yillar davomida o‘rgatiladigan, hatto, eng yetuk jonivorlar ham ayrim imo-ishoralar tilini o‘zlashtira oladi xolos. Odamlarga fiziologik jihatdan yaqinligiga qaramay, hech bir jonivor bir necha so‘zdan nari o‘tolmagan.
Mutaxassislar to‘tiqushlarning nutq borasidagi qobiliyatiga bir necha omil ta’sir qilganligini aytishadi. Dastlab bu to‘tiqushlarning o‘ziga xos yo‘g‘on tili tufayli yuz beradi deb hisoblangan. Biroq aniqlanishicha, bunday til faqat to‘tiqushlardagina mavjud emas. Mazkur g‘aroyib qobiliyat to‘tiqushlarda kekirdak tuzilishi va bo‘g‘iz mushaklari, shuningdek, miyaning manglay qismi rivojlangani bilan bog‘liq.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, to‘tiqushlarning hamma turi ham inson nutqini takrorlay olmaydi. Ularning orasida kakadu va boshqa turlar fiziologik o‘ziga xosliklari bilan birga yuqori intellektga ham ega. Olimlarning fikriga ko‘ra, aynan shu holat, bir necha turdagi to‘tiqushlar odam nutqini takrorlash qobiliyatiga egaligiga sabab bo‘lgan.
To‘tiqushlarNutq QobiliyatiJonivorlar AqlliligiFiziologik O‘ziga XosliklarKakadu TurlariOdam Nutqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar