
Samarqandlik sudya bir ish bo‘yicha bir kunda to‘rt xil hukm chiqardi. «Ezgulik» jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand tuman sudi raisi Nosir Rajabov birgina jinoyat ishi yuzasidan bir kunning o‘zida to‘rtta turli hukm rasmiylashtirgan. Jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanov ta’kidlashicha, barcha hujjatlarda shtrix-kodlar to‘g‘ri bo‘lgani holda, ular orasida jiddiy farqlar mavjud.
Tashanov bu holatni sud tizimidagi chuqur muammolarning ochiq belgisi sifatida baholadi. Uning fikricha, ba’zi sudyalar ustidan nazorat kuchaygani sabab bir-birlarini adashtirishga urinayotganday tus olmoqda. “Qonuniylik qadri pasayib, ayrim hududlarda soxta jabrdiydalarni jalb qilish amaliyoti kengaymoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.
Bundan avval rasmiylar Samarqand viloyati “qonun ustuvorligi bo‘yicha” mamlakatda ikkinchi o‘rinda turganini ma’lum qilgan edi. Biroq huquq faollari bunday holatlar sud tizimiga bo‘lgan ishonchni jiddiy ravishda yemirayotganini ta’kidlab, prezidentdan vaziyatni shaxsan nazoratga olishni so‘ramoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.