
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qiziqish ortib borayotgan bir paytda, AQSH prezidenti Donald Tramp muxlislar uchun muhim yangilikni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, AQSH elchixonalari mundial chiptalarini xarid qilgan muxlislarga viza suhbatini tezlashtirilgan tarzda belgilab beradi. Bu qaror dunyo bo‘ylab sayohatni rejalashtirgan futbol ishqibozlari uchun katta qulaylik yaratadi.
Trampning bayonotidan so‘ng, davlat kotibi Marko Rubio vaziyatga oydinlik kiritdi: chiptaga ega bo‘lgan shaxslar viza arizasini topshirganidan keyin taxminan 6–8 hafta ichida suhbatga chaqirilishi mumkin. Bu odatdagidan ancha qisqa muddat bo‘lib, viza olish jarayonini sezilarli yengillashtiradi.
“Chipta — viza emas”
Shunga qaramay, Rubio muhimi bir narsani ta’kidlab o‘tdi: chiptaga egalik AQSHga kirishga kafolat emas. Har bir ariza bir xil tartibda, umumiy xavfsizlik qoidalari asosida tekshiriladi.
Uning aytishicha, chiptasi bor muxlislarga faqat navbat masalasida ustuvorlik beriladi, xolos. “Bizning farqimiz — ularning navbatini tezlatamiz. Lekin barcha tekshiruvlar baribir umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi”, dedi Rubio.
2026 yilgi Jahon chempionati — AQSH uchun ulkan chora-tot
Mundial 2026-yil iyun–iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanada stadionlarida o‘tkaziladi. Eng ko‘p o‘yinlar Qo‘shma Shtatlarda tashkil etilishi kutilmoqda. Mazkur musobaqa tarixdagi eng yirik chempionatlardan biriga aylanishi mumkin.
FIFA prezidenti Janni Infantino ham Oq uydagi matbuot anjumanidan so‘ng fikr bildirdi. Uning aytishicha, kelasi mundialni jonli tomosha qilish uchun AQSHga 10 milliongacha turist tashrif buyurishi mumkin. Bu raqam bundan avvalgi chempionatlardan bir necha barobar yuqori, demak, infratuzilma va viza olish jarayonini yengillashtirish ehtiyoji ham tabiiy.
Muxlislar uchun yangi imkoniyatlar
Yangilangan tartib dunyo bo‘ylab futbol ishqibozlariga safarni rejalashtirishda katta yengillik beradi. Ayniqsa, AQSH vizasi odatdagiday uzoq vaqt talab qilar ekan, chipta egalari uchun 6–8 haftalik tezkor suhbat imkoni katta afzallik sifatida baholanyapti.
Shu bilan birga, har qanday holatda chipta vizani kafolatlamasligi, tekshiruvlar qat’iy tartibda davom etishi eslatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.