date

Andijonda xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi Muzey ko‘cha yonida gaz baloni portlagani haqida turli xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vaziyat yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, 17-noyabr kuni soat 16:41 da “112” yagona qutqaruv xizmatiga Asaka tumani, “Kamolot” MFY, Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan uylardan birida yong‘in kelib chiqqanligi haqida murojaat tushgan. Shunga muvofiq, 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘limi jamlanib, soat 16:55 da hodisa manziliga yetib borgan.

Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor harakati sabab yong‘in 16:59 da nazoratga olingan va 17:26 da to‘liq o‘chirilgan. Mutaxassislar uydagi shift, tom qismi hamda ayrim maishiy jihozlar zararlanganini tasdiqladi. Hodisa sabablari va aniq zarar miqdori o‘rganilmoqda. Eng muhimi — fuqarolar orasida tan jarohati olganlar qayd etilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi