date

O‘zbekiston taekvondochilari Islom o‘yinlarida yana tarix yozdi

O‘zbekiston taekvondochilari Islom o‘yinlarida yana tarix yozdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida taekvondo WT bo‘yicha bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa nafaqat yuqori raqobat, balki sportchilarning jismoniy tayyorgarligi va irodasini to‘liq namoyon etgan janglar bilan esda qoldi. Ayniqsa, O‘zbekiston terma jamoasining ishtiroki tom ma’noda ko‘pchilik e’tirofiga sabab bo‘ldi.

Bu galgi turnirda taekvondochilarimiz o‘zlarining qayergacha o‘sganini, qancha mehnat qilganini amalda ko‘rsatishdi. Yigit-qizlarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida barcha raqiblardan ustun keldi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu natija O‘zbekiston taekvondo maktabining barqaror ravishda rivojlanayotganidan va har bir musobaqada o‘z so‘zini ayta olishidan dalolat beradi.

Oltin medal sohiblari:

  • Ozoda Sobirjonova (70 kg) — o‘z vaznidagi raqiblarga imkoniyat qoldirmasdan, barqaror va tajribali o‘yin namoyish qildi.
  • Diyorbek To‘xliboyev (67 kg) — mukammal tayyorgarligi va tezkor texnikasi bilan finalda ham yuqori darajani saqladi.
  • Marat Mavlonov (+82 kg) — og‘ir vazndagi raqobatga qaramay, o‘ziga ishonch va kuchli irodasi bilan chemponlikni qo‘lga kiritdi.

Kumush medal sohiblari:

  • Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg) — finalgacha barcha bellashuvlarda o‘z kuchini namoyish qildi, biroq hal qiluvchi bahsda omad yetarlicha kulib boqmadi.
  • Svetlana Osipova (+70 kg) — tajribali sportchi sifatida yuksak darajada o‘ynadi va munosib ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bronza medal sohiblari:

  • Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg) — raqobat kuchli bo‘lgan vaznda mo‘tadil va aniq harakatlari bilan bronzaga sazovor bo‘ldi.
  • Diyora Azizova (63 kg) — tayyorgarligi va sobitqadamligi bilan o‘ziga xos taekvondochi ekanini yana bir bor isbotladi.

O‘zbekiston terma jamoasining bu g‘alabasi mamlakat sport hayotida yana bir yorqin sahifa sifatida tarixda qolishi shubhasiz. Ar-Riyoddagi ushbu muvaffaqiyat navbatdagi yirik musobaqalarda ham yangi yuksakliklar uchun yetakchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Muxlislar esa sportchilardan yanada katta zafarlar kutishmoqda, chunki bizning taekvondochilar har gal maydonga chiqqanda faxr bilan kurashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston taekvondochilari Islom o‘yinlarida yana tarix yozdi