O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bu yerda dastlab Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini kompleks rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Kelgusi uch yilda bu ikki shaharga xalqaro moliya institutlarining 1 milliard 354 million dollarlik imtiyozli kreditlari yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘ uchta yo‘nalishda – sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish hamda ko‘p qavatli uy-joylar qurish sohalarida o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbari uy-joylar qurilishiga oid loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik reja qilish zarurligini ta’kidladi.
- Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak, - dedi Prezident. - Aholi qachon qaysi hududda qurilish bo‘lishini bilsin. Uy-joy bilan ish o‘rinlari mutanosib bo‘lishi zarur. Farg‘onaliklarning hunarmandchilik an’analari, hudud imkoniyatlarini inobatga olib, charm-poyabzal, chinni, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqa turdagi korxonalar tashkil etish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi salohiyati, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi