
3 fevral kuni OAV vakillari uchun o‘tkazilgan media tadbirda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov amaldorlarnnig daromadlarini deklaratsiya qilish qanday tartibda amalga oshirilishi haqida to‘xtaldi.
«Deklaratsiya masalasi juda dolzarb. Amaldorlarning daromadlari deklaratsiya qilinishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu ishni birinchi adliyadan [Adliya vazirligi] boshlaylik deb rahbarlarga taklif ham qilganmiz. Buning umumiy huquqiy asoslari «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunda keltirilgan.
Prezidentimiz buning yangi tartib, yangi mexanizmini shakllantirib gapiryaptilar. Bu bo‘yicha alohida agentlik tuzilgan. Shular bosh-qosh bo‘lib bu masalani ko‘tarishmoqda. Bu borada vakolatli organ bo‘lmaganimiz uchun amaldorlarning daromadlarini deklaratsiyaga tortish qachondan amalga joriy etilishi haqida bir so‘z aytolmayman. Lekin baribir bu amalga oshadi», deydi Ruslanbek Davletov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mansabdorlarning nafaqat daromadlarini, balki xarajatlarini ham ham deklaratsiya qilish kerak.
«Nafaqat daromadni, xarajatniyam deklaratsiya qilish kerak. Chunki daromadni deklaratsiya qilaverasiz. Qachonki, xarajatni deklaratsiya qilsangiz, farq o‘shanda chiqadi. Shuning uchun xarajatga ko‘proq e’tibor qilish kerak», deya ta’kidladi Ruslanbek Davletov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolari daromadlari va mulklari haqida majburiy tartibda deklaratsiya taqdim etishi to‘g‘risidagi gaplar 2017 yilda paydo bo‘lgandi. Bu yangilik «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgandi.
Bosh prokuratura vakili antikorrupsion iqlimni yaratishda davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiya qilish tizimi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, 2019–2020-yillar uchun davlat dasturining loyihasi ishlab chiqilayotgani, unda fuqarolarning muayyan toifasi daromadlarini deklaratsiya qilishga bosqichma-bosqich o‘tkazish haqida band kiritilgani, yaqin kelajakda bu tizim to‘liq joriy etilishini ma’lum qilgandi. U shuningdek amaldorlarning daromadlarini deklaratsiyaga tortish muayyan xarajatlarni talab etgani bois bu tizimni joriy etishda kechikayotganini ta’kidlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar