date

Nukusda yana bir noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi

Nukusda yana bir noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni majburiy buzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida jami 201 ta har xil turdagi noqonuniy qurilmalar buzdirilishiga erishilgan.

Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2024-yil 23-dekabr kungi ijro hujjatiga asosan, Nukus shahri, “Samambay” MFY, Suuyenli ko‘chasi bo‘yidagi 370 kv.m. yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan qurilgan poydevorni (fundament) majburiy buzdirish va yer maydonini yaroqli holatga keltirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan javobgarga noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzishi lozimligi haqida bir necha marotaba tushuntirish va ogohlantirishlar berilgan.

Shunga qaramasdan, javobgar tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan. Shu sababli, ushbu noqonuniy qurilma Byuro xodimlari tomonidan, maxsus texnika vositalari yordamida joriy yilning 18-noyabr kuni bartaraf etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda yana bir noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi